NYT: AQSh Filippinda harbiy bazasini joylashtiradi

Jahon 17:44 / 13.04.2016 866

AQSh Filippinda o‘zining beshta aviabazasini joylashtiradi, deb yozmoqda The New York Times.

Ma'lum qilishlaricha, mazkur masalada ikki tomon kelayotgan haftada shartnoma imzolashi ko‘zda tutilgan. O‘n yil mobaynida imzolanadigan shartnoma AQShga ushbu davlatda beshta harbiy baza qurishga va mavjudlarini ko‘chirishga imkon beradi. Harbiy bazalarning to‘rttasi harbiy-havo kuchlariga, bittasi esa quruqlikdagi kuchlarga tegishli bo‘ladi. AQSh tomoni buning evaziga Filippinga 40 mln. AQSh dollari to‘lashi bilan birga, mamlakat harbiy-havo kuchlarini modernezatsiya qilish va respublika nazorati ostidagi orollarni uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari yordamida qo‘riqlashga yordam beradi.

Tahlilchilarning qayd etishicha AQShni ko‘proq ziddiyatli hudud hisoblanayotgan Janubiy-Xitoy dengiziga yaqin bo‘lgan Palavan orolidagi “Antonio Bautista” aviabazasi qiziqtirmoqda.

NYT’ning yozishicha Xitoy bu kelishuvga salbiy munosabatda bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: