Eron geologiya razvedkasi o‘tkazish uchun Qozog‘istonga sarmoya kiritadi

Jahon 11:25 / 13.04.2016 1041

Qozog‘iston geologiya boshqarmasi Eronning 3ta kompaniyasi Ghadir Industry & Mine Development International Co., Sadr Tamin Investment Co., va SUNIR (Iran Power & Water Equipment and Services Export Company) xoldinglari bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda Qozog‘iston investitsiyalar va taraqqiyot vazirligi matbuot markazi xabar qilgan.

Tomonlar Qozog‘istonda foydali rudalar konlarini aniqlash, istiqbolli hududlarda foydali qazilma boyliklarni qidirish va ularning zaxirasini baholash ishlariga birgalikda sarmoya kiritish niyatida ekani bildirilgan.

Hozircha sohaga kiritilayotgan sarmoya miqdori 30 mln dollarni tashkil etadi.

«Ghadir Industry & Mine Development International Co.» investitsiya xoldingi 8ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha sho‘'balariga ega. Xususan, tog‘-kon sanoati, qurilish va neft sohasi shular jumlasidan. Kompaniya tarkibida po‘lat quyish zavodi, alyumin zavodi, yirik temir rudasi koni faoliyat yuritadi. Xolding kompaniyasi temir rudasi, aralash metall hamda mis konlariga qiziqish bildirmoqda.

«Sadr Tamin Investment Co.» kompaniyasi SHASTA kompaniyalar guruhi a'zosi bo‘lib, Erondagi mineral mahsulotlar bo‘yicha ilk xolding hisoblanadi. Uning tarkibida kon sanoatida faoliyat yurituvchi bevosita boshqaruvli 11 kompaniya hamda vakillar yordamida boshqariladigan 8 kompaniya mavjud.

Sadr Tamin kompaniyasining nizom jamg‘armasi 2,5 milliard dollar atrofida bo‘lib, bu kompaniya 2012-2016 yillar davomida mineral xomashyo va temir, oltin, mis kabi metallar qazib olishga 2,6 mlrd dollar sarmoya kiritish niyatini bildirgan.

«SUNIR» (Iran Power & Water Equipment and Services Export Company) xoldingi esa, Eronning energetika, suv, neft, gaz, tog‘-kon, neft kimyosi va qurilish sohalaridagi yetakchi kompaniyasi hisoblanadi. Uning faoliyati MDHdan tortib janubiy Osiyogacha, Afrika qit'asi va Lotin Amerikasi bozorlarini qamrab oladi. Kompaniya 2013 yili ENR reytingida 250ta xalqaro kompaniya orasida 191 o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: