Buyuk Britaniyadagi hayvonot bog‘ida 91 yilda birinchi marta yalqov tug‘ildi

Jamiyat 17:21 / 13.04.2016 10021

Sharqiy Sasseksdagi (Buyuk Britaniya) Drusillas Park hayvonot bog‘ida 91 yildan keyin birinchi marta ikki panjali yalqov (Janubiy Amerikada daraxtlarda o‘rmalab, barglar bilan oziqlanadigan, yerda yurishga yaxshi moslashmagan sut emizuvchi jonivor) tug‘ildi. Bu haqida Discovery News xabar bergan.

Yalqov bolasi 26 martda tug‘ildi, ammo uni endi namoyish qilishdi. Uning ota-onasi laqabi Sofokl va Sidon. Ular 2014 yildan beri birga.

Hayvonot bog‘idan ma'lum qilinishicha, so‘nggi bir yilda bu Birlashgan Qirollikda dunyoga kelgan to‘rtinchi yalqov hisoblanadi.

"Tutqunlikda juda kam yalqovlar tug‘iladi va shuning uchun har bir yangi tug‘ilgan yalqov - bu ajoyib va sirli hayvonlarni yaqindan tanishimizda muhim rol o‘ynaydi", - dedi hayvonot bog‘ining bosh qo‘riqchisi Mark Kenvard.

Ko‘proq yangiliklar: