Ben Afflek Betmen haqida yangi film suratga oladi

Jamiyat 14:40 / 13.04.2016 1469

AQShlik aktyor va rejissyor Ben Afflek Betmen haqida yangi film suratga oladi. Kartinada bosh rolni aktyorning o‘zi ijro etadi. The Hollywood Reporter’ning xabar berishicha, bu xabarni Warner Bros kinokompaniyasi bosh direktori Kevin Tsudzixara tasdiqlagan.

“Biz Ben Afflek bilan Betmen haqida suratga olinadigan film ustida ishlaymiz”, — dedi Tsudzixara Las-Vegasda o‘tgan CinemaCon ko‘rgazmasida aytib o‘tgan.

U filmni kinoprokatlarga qachon chiqishiga oydinlik kiritmagan. Taxminlarga ko‘ra, kartina yoki 2018 yilning 5 oktabrida yoki 2019 yilning 1 noyabrida chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: