Pentagon Rossiyadan 18 dona RD-180 raketa dvigateli sotib oladi

Jahon 10:10 / 09.04.2016 1019

AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari Robert Uorkning bergan bayonotiga ko‘ra, Pentagon Rossiyadan Amerika harbiy sun'iy yo‘ldoshlariga o‘rnatiladigan RD-180 rusumli raketa motorlarini xarid qilishi lozim. Bu savdo yaqin olti yil ichida amalga oshirilishi kerak, deb xabar qilmoqda Reuters.

AQSh Kongressi esa, Qrimning Rossiyaga qo‘shilgani sababli, RD-180 dvigatellaridan 2019 yildan keyin foydalanishni ta'qiqlagan.

Senatning qurolli kuchlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi senator Jon Makkeyn o‘z navbatida, garchi RD-180 Atlas V raketalarini uchirishda muhimligiga qaramay, undan foydalanishni to‘xtatish lozimligini ta'kidlamoqda.

Uning aytishicha, Ukrainadagi voqealar sababli AQSh sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan ikki nafar rossiyalik "Roskosmos" rahbarlaridan bo‘lgan. Ma'lumki, ushbu tashkilot ham RD-180ni ishlab chiqarilishiga bevosita aloqasi bor.

Bundan avval, Amerika mudofaa vazirligi Aerojet Rocketdyne va United Launch Services kompaniyalari bilan RD-180 o‘rnini bosa oladigan raketa dvigatellari ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: