O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston 08:35 / 09.04.2016 2170

O‘zbekiston Davlat raqobat qo‘mitasi raisi Davron Hidoyatov 5 aprelda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Delegatsiya tarkibiga Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya va Ukraina moliya va bank sektoriga investitsiyalar rahbari Galina Klimenko va XMKning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Zafar Xoshimov kirdi.

Uchrashuv davomida XMK vakillari Xorijiy investorlarni moliya sektoriga jalb qilish bo‘yicha Qo‘mita ishi, xorijiy investorlarga banklar va moliya tashkilotlari ustav jamg‘armasidagi davlat va xo‘jalik organlari aksiyalari paketini sotish shartlari bilan tanishtirildilar.  

Uchrashuvda, shuningdek, banklarni xususiylashtirishda portfel investorlarning ishtiroki shartlari hamda dlavlat mulkini xususiylashtirsh jarayonida maslahatchilarni tanlash va yollash jarayoni muhokama qilindi.

O‘zbekiston vakillari xorijiy investorlarga banklar ustav jamg‘armasidagi davlat va xo‘jalik organlari aksiyalari paketini sotish tartibi va shartlari, Deloitte, Ernst&Young, GrantThornton va boshqa xalqaro kompaniyalar bilan tuzilgan kelishuvlar misolida xususiylashtirishda ishtirok etishga xususiy baholovchi kompaniyalar, moliyaviy maslahatchilarni jalb qilish amaliyoti haqida ma'lumot taqdim qildilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar davlat mulkini xususiylashtirish va korporativ boshqaruvni takomilashtirish masalalarida hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Ko‘proq yangiliklar: