Apple tugmasiz MacBook’ni patentladi

Fan-texnika 09:26 / 09.04.2016 1233

Apple kompaniyasi tugmalarsiz sensor klaviatura bilan ishlaydigan MacBook versiyasiga patent olish uchun ariza topshirdi. Ariza AQSh patent va tovar belgilari bo‘yicha idoralari saytida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Arizada qayd etilishicha, klaviatura uch bo‘limga, shuningdek, raqamli qiymatga ega tugmalar uchun alohida o‘ringa bo‘linadi.
Taxmin qilinishicha, klaviatura qattiq bosishga ta'sir ko‘rsatadi va teshiklar bilan qoplangan yoritgichlar orqali maxsus tugmalar paydo bo‘ladi.
Biroq mazkur patent real qurilmani yaratish darajasiga yetib borishi uchun hozircha kafolat yo‘q, chunki Apple tomonidan berilgan patent arizalarning ko‘pchiligi amaliyotda tadbiq etilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: