«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Yevropa Ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvida o‘zi 7 yil ishlagan, Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan o‘yindan keyingi taassurotlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin haqida
Dortmund – juda yaxshi jamoa. Lekin bu o‘yinda barchangiz ko‘rdingizki, bizda golli vaziyatlar bo‘ldi va bu o‘yinda g‘olib chiqishimiz ham mumkin edi.
Bilaman, ko‘pchilik bizning 0:2, 0:3 va hatto 0:4 hisobida yutqazadi deb o‘ylagan. Ammo biz hujumda ham, himoyada ham yaxshi o‘ynadik.
Hali biz ular bosib o‘tgan yo‘lni tugatib bo‘lmadik. Lekin bizning darajamiz bu jamoani yengishga imkon beradi.
Orijining o‘yini haqida
Divok bu o‘yinda o‘zi uchun yaratgan va golga aylantirgan vaziyati uchun undan minnatdorman.
Dortmunddagi muxlislarning kutib olishi haqida
Bu juda ajoyib bo‘ldi. Bu haqda ko‘pchilik gapirdi. Men o‘yin yakunida maydonga tushib, sobiq shogirdlarim bilan so‘rasha boshlaganimda menga yo‘llanayotgan olqishlarni eshitdim.
Hendersonning jarohati haqida
Biz Jordan tufayli xafamiz. Uning tizzasi jarohatlandi. Bu juda yomon xabar. Ertaga u tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.