Yaponiyada yo‘qolib qolgan harbiy samolyot bo‘laklari va 6 kishi jasadi topilgani tasdiqlandi

Jahon 11:27 / 08.04.2016 910

6 aprel kuni Yaponiyaning yirikligi bo‘yicha 3-raqamli oroli Kyusyudagi Kagosima prefekturasida yo‘qolib qolgan Hawker Beechcraft U-125 patrul samolyoti bo‘laklari 7 aprel kuni mamlakat janubidagi tog‘lar hududida topilgani tasdiqlandi. Bu haqda Kiodo xabar bergan.

Samolyot Yaponiya havo mudofaasi kuchlariga tegishli bo‘lgan.

Qayd etilishicha, samolyot bortida bo‘lganlarning 4 nafari jasadi qoldiqlari 7 aprel kuni, yana ikkisiniki 8 aprel kuni tongida aniqlangan.

Ikki motorli Hawker Beechcraft U-125 6 aprel kuni ertalab Saytama prefekturasidagi Iruma bazasidan parvoz qilgan va tushki payt Kanoya bazasiga (Kagosima prefekturasi) qo‘ngan. Shundan so‘ng samolyot Takakuma tog‘li hududini qisqa muddatli patrul nazoratidan o‘tkazish uchun bazani tark etgan, kechki payt esa Saytamaga qaytishi lozim bo‘lgandi. U Yaponiya havo mudofaasi kuchlarining bazasidan shimolga tomon 10 km uzoqlikda radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyotni qidirishga 600 nafarga yaqin odam jalb qilingan. Ular qidiruv ishlari davomida Kagosima prefekturasidagi Takakuma tog‘li hududini ko‘zdan kechirib chiqishgan.

Ko‘proq yangiliklar: