Sentyabr oyida AQSh harbiy dengiz floti tarkibiga 13 mlrd dollarlik kema qo‘shiladi

Jahon 11:23 / 08.04.2016 1228

AQSh harbiy dengiz kuchlari rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Jyerald Ford nomli harbiy samolyotlarni tashuvchi kema tannarxi bo‘yicha eng qimmat kema hisoblanadi. U 12,9 mlrd dollar evaziga qurilmoqda.

Amerika harbiy dengiz kuchlari xaridlar bo‘yicha kotibi yordamchisi Shon Stekli Senatning qurolli kuchlar qo‘mitasiga bergan hisobotida ma'lum qilishicha, kema sig‘imi yuz ming tonna bo‘lib, uzunligi 330 metrni tashkil etadi.

2009 yilda qurilishi boshlangan kema shu yilning mart oyidagi holatga ko‘ra, 97 foizga yakunlangan. Steklining aytishicha, harbiy tashuvchi kema iyul oyida dengiz sinovlariga chiqariladi hamda ikki oydan so‘ngra Newport News Shipbuilding (AQShning Virjiniya shtatidagi kemasozlik kompaniyasi) tomonidan harbiy dengiz floti ixtiyoriga topshiriladi.

U Amerikaning 38-prezidenti sharafiga Jyerald Ford deb nomlangan.

Shon Steklining aytishicha, ushbu rusumdagi "Jon Kennedi" nomli yana bir aviatashuvchi kemasini 2020 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Mart oyi holatiga ko‘ra, mazkur kema 18 foizga qurib bitkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: