12-15 aprel kunlari Robokidz Education robototexnika maktabi Yevropa va dunyodagi eng yirik tadbirlaridan biri – VIII Butunrossiya robototexnik festivalida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi.
«RoboFest» har yili ilmiy-texnika ijodkorlarining 6 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi vakillarini bir tadbirda jamlaydi. Tadbirning maqsadi – injiner mutaxassisligi nufuzini oshirish va iste'dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
O‘zbekiston nomidan Robokidz Education robototexnika maktabining o‘quvchilari Nikolay Kan, Yuriy Davletyants va Nikolay Mazuryan ishtirok etishadi. O‘zbekistonliklar bu yili yangi bo‘lgan AutoNet yo‘nalishida 10+ kategoriyasida qatnashishadi.