Olimlar: Xodim raqib firmaga o‘tayotganida "identifikatsiya mojarosi" yuzaga keladi

Jamiyat 16:44 / 08.04.2016 1062

Nemis olimlarining xulosa qilishicha, raqib firmada ishlash "identifikatsiya mojarosi"ni yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda Academy of Management Journal xabar bergan.

Torsten Grosjin boshchiligidagi Myunxendagi Lyudvig-Maksimilian universitetining bir guruh olimlari Shimoliy Amerika xokkey ligasidagi yulduz-o‘yinchilarning ishchanligini tahlil qilib chiqishdi: tadqiqotchilarga o‘yinchilarning sobiq jamoadoshlariga qarshi qanday o‘ynayotganligi muhim bo‘lgan.

"Tadqiqot natijalarimiz boshqa sohalarga ham taalluqli, deb hisoblaymiz: reklama agentliklari, konsalting kompaniyalari, me'morchilik byurolari, aynan shu soha vakillari bir-biri bilan uzviy hamkorlikda ishlaydi va firma faoliyatiga sezilarli ta'sir o‘tkazadi", - deb xabar beradi Grosjin.

"Identifikatsiya" atamasi xodimning firmaga "bog‘langanlik darajasi"ni bildiradi. Tadqiqotning ko‘rsatishicha, raqib kompaniyada endigina ishlashni boshlaganlar kuchli motivatsiyaga ega: ular yangi jamoada o‘z identifikatsiyalarini mustahkamlashga va ta'kidlashga harakat qiladilar. Eski ish joyiga bog‘liqlik asoratsiz kechishi mumkin emas. Yangi jamoaga ishga kelgan xodimlar eski jamoadoshlaridan uzoqlashishlari oson kechmaydi.

Mazkur tadqiqot ish beruvchilarga yuqori malakali xodimlarni jalb qilishda yangi salmoqli strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: