MDH hukumat rahbarlari kengashi 7-8 iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tadi

Jahon 16:31 / 08.04.2016 1202

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi 2016 yilning 7-8 iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxtida o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev MDH tashqi ishlar vazirlari yig‘ishidan so‘ng bayonot bergan.

"MDHga raislik qiladigan yilimizda hukumat rahbarlari yig‘ilishidan tashqari, tashqi ishlar vazirlarining yana bir uchrashuvi 2016 yil 15 sentabrida bo‘lib o‘tadi. Eng asosiysi, Bishkek 2016 yil 16 sentabrida o‘tkaziladigan MDH yubiley sammitiga ham mezbonlik qiladi", deydi u.

Ko‘proq yangiliklar: