Latviyada «Rossiya-RTR» telekanali yarim yilga taqiqlandi

Jahon 10:24 / 08.04.2016 1244

Latviya elektron OAV kengashi «Rossiya-RTR» xalqaro telekanalini olti oy muddatga taqiqladi. Ma'lum qilinishicha, taqiq kanal efirida YeIning "OAVning audiovizual xizmatlari haqida"gi direktivasi bir necha marta buzilishi bilan bog‘liq.

"Urushga da'vat etish va nafrat qo‘zg‘atish -bu jiddiy qonunbuzarlik", - dedi kengash raisi Ayya Dulevska.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Vladimir Solovev bilan yakshanba oqshomi" ko‘rsatuvida ikki marta qoida buzilgan. Ko‘rsatuvning bir sonida Ukraina natsistlar va fashistlar bilan to‘lib ketgan deyilgan bo‘lsa, boshqa bir sonda Turkiyani fazodan turib yo‘q qilish kerakligi, chunki u Kavkazni bosib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgani ma'lum qilingan.

Yana bir qonunga xilof vaziyat kuzatilgan, ya'ni efirda Latviyada ruslarning chiqishtirilmayotgani haqida xabar berilgan. "So‘ng bunga izoh berilgan: amerikaliklar buni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki Latviyaga tanklarini kiritishga qulay fursat izlashmoqda".

O‘z o‘rnida VGTRK «Rossiya-RTR»da latviyalik "tartib o‘rnatuvchi"ning qarorini "zaiflik belgisi" va "VGTRKni o‘z dasturlarini senzura qilishga majburlash harakati" deb atashdi.

Qaror Latvijas Vēstnesis («Latviya darakchisi») rasmiy nashrida chop etilganidan so‘ng kuchga kiradi.

Ko‘proq yangiliklar: