Qozog‘iston Respublikasi sarmoya va taraqqiyot vazirligi qoshidagi axborotlashtirish va axborot aloqa qo‘mitasi raisining buyrug‘iga asosan, Jiyenbayeva Asel Jubanishevna “Zerde Milliy infokommunikatsion xolding” aksionerlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda xolding matbuot xizmati xabar berdi.
Asel Jiyenbayeva 1987 yilning 8 iyulida tug‘ilgan.
Jiyenbayeva avval “Qozog‘iston Respublikasi Milliy Banki” respublika davlat tashkiloti axborot texnologiyalari departamenti direktor o‘rinbosari, “Qozog‘iston Miiliy Banki bank xizmat byurosi” respublika davlat kompaniyasi direktor maslahatchisi, Eurasian Natural Resources Corporation PLC axborot texnologiyalari kompaniyasi xavfsizlik bo‘yicha departament direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2014 yilda kompyuter fanlari sohasida Kembrij universiteti magistr darajasini qo‘lga kiritgan.
2014 yili “Executive Management” dasturi bo‘yicha M.V.Lomonosov nomidagi universitetni yakunlagan.
2010 yilda Qozog‘iston Respublikasi prezidentining “Bolashaq” xalqaro stipendiyasi asosida Kembrij universitetining kompyuter fanlari bakalavri darajasiga erishgan.
U 2005 yili O.A.Juatikova nomidagi fizika-matematikaga ixtisoslashtirilgan Respublika o‘rta maktab-internatini “Oltin belgi” bilan tamomlagan.