Kayli Minoug va Andrea Bochelli Yelizaveta II yubileyi sharafiga uyushtiriladigan konsertda ishtirok etadi

Jamiyat 16:41 / 08.04.2016 1526

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 90 yoshga chiqishi munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi. Sky News nashrining xabar berishicha, 15 may kuni Vindzor qasrida Kayli Minoug, Andrea Bochelli, Ketrin Jyenkins, Beverli Nayt, Jyeyms Blant kabi san'at vakillari qatnashadi.

Bayram tantanasiga shuningdek "Qirolicha" filmidagi bosh roli uchun "Oskar" mukofotini qo‘lga kiritgan aktrisa Helen Mirren ham tashrif buyuradi. Bundan tashqari, konsertga aktyorlar Demien Lyuis, Imelda Stonton, Jon Boyyega mehmon sifatida taklif qilingan.

Shou Yelizaveta Ikkinchining hayoti yo‘li, jumladan uning 1926 yilda dunyoga kelishi, ikkinchi jahon urushi, 1953 yilda monarxning koronatsiyasi va qirolichaning ko‘p yillik hukmronligi haqida so‘zlaydi.

Ushbu konsertning biletlari bir necha soat ichida sotib bo‘lindi.

Ko‘proq yangiliklar: