BMT: 22 aprel kuni 130dan ortiq davlat iqlim kelishuvini imzolaydi

Jahon 10:31 / 08.04.2016 1737

Dunyoning 130dan ortiq mamlakati iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash bo‘yicha Parij kelishuvlarini imzolashga tayyorligini bildirgan. Imzolash marosimi 22 aprelda BMT bosh qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda BMT matbuot xizmati ma'lum qildi.

Mazkur yig‘ilishda 60dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari qatnashadi.

Tashkilotda qayd etishlaricha, mazkur yig‘ilishga ko‘p sonli yuqori lavozimli vakillarning kelishi "jahon mamlakatlari yetakchilarining Parij kelishuvlari qabul qilinishi va uning ijrosiga qiziqayotganlarining isbotidir".

22 yanvar kuni BMT bosh kotibi Pan Gi Mun barcha davlat rahbarlariga rasmiy imzolash anjumanida ishtirok etish uchun taklifnoma yuborgan edi. Uning fikricha, bu holat xalqaro Konventsiyaning tezroq kuchga kirishiga turtki beradi.

Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvlari 2015 yilning 12 dekabrida Parij konferensiyasida qabul qilingandi. Forumning 195 davlatdan kelgan ishtirokchilari, yer sayyorasining o‘rtacha haroratini 2100 yilgacha, sanoat davridan avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 2 darajadan oshirmaslikka kelishib olishgan.

Ushbu kelishuv dunyoning 55 davlati tomonidan ratifikatsiya qilinishi bilan kuchga kiradi. Global issiqxona gazlarining 55 foizi ularning hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ishtirokchi davlatlar shuningdek, 2050 yilgacha bo‘lgan davrda is gazlarini kamroq chiqarish borasida o‘z dasturini 2020 yilga qadar ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: