O‘zbekiston tadbirkor ayollari assotsiatsiyasi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) ko‘magida Toshkent shahrida yangi ofis ochdi.
7 aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Tadbirkor ayol” Assotsiatsiyasi yangi ofisining ochilish marosimida O‘zbekistonga tashrif buyurgan TIKA rahbari Serdar Cham ishtirok etdi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar berdi.
“Mamlakatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar umumiy hisobining 40 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etadi”, - deya ta'kidlab o‘tdi marosimda “Tadbirkor ayol” raisi Gulnora Mahmudova.
Assotsiatsiya ayollarga kasb-hunar o‘rganishda va ishga joylashishda, shuningdek, o‘z biznesini yaratish va rivojlantirishga ko‘mak beradi.