Xavi: «Mening maqsadim – «Barselona»ga murabbiy bo‘lish, buni yashirmayman»

Sport 20:39 / 07.04.2016 1577

«Barselona» jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda Qatarning «Al-Sadd» jamoasi yarimhimoyachisi hisoblanadigan Xavi kelgusida kataloniyaliklar klubini boshqarish niyati borligini ma'lum qildi.

«Bu to‘g‘ri bo‘ladimi, yoki yo‘q, bu ishni qilishni istayman. Mening bosh maqsadim «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lish. Men buni yashirmoqchi emasman. Qaytishni va klubda ishlashni istayman. Bu mening uyim.

Faoliyatimni yakunlagach, futbolda qolmoqchiman va maydonga yaqin bo‘lshimni istayman. Ofisda o‘tirishni istamayman.

Menda ba'zida 10 daqiqa bo‘lsada bo‘sh vaqt topiladi va shunda men televizorni yoqib, futbol ko‘raman. Rafiqam buni biladi va buning uchun meni yomon ko‘radi (kulgi). Men La Liga o‘yinlarini, shuningdek, APLni kuzataman.

Men tarkiblarni o‘rganaman va o‘yin protokollarini ko‘rib chiqaman», – deya Xavining so‘zlarini keltiradi FourFourTwo.

Ko‘proq yangiliklar: