Samsung ekran va kamerani linzaga joylashtirmoqchi

Fan-texnika 19:16 / 07.04.2016 2100

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi displey va kamerani ko‘z kosasining bevosita o‘zida joylashtirish imkonini beruvchi kontakt linzalar ishlab chiqarmoqchi. Ushbu yangilikka patent olish uchun arizani SamMobile ilg‘ab qolgan, ammo qo‘shimcha reallikni hosil qilish uchun bunday qurilmadan qanday foydalanish mumkinligiga oydinlik kirita olmagan.

Qurilma smartfondan simsiz ulanish orqali quvvat oladi. Linzaga harakat datchigi o‘rnatiladi. Uning yordamida ko‘zni yumish yoki ochish bilan uskunani boshqarish mumkin bo‘ladi.

Patentda Google Glass’ni o‘z g‘oyasiga namuna sifatida ko‘rsatgan bo‘lsada, Samsung’ning fikricha, Google Glass kabi qurilmalar ko‘rishning ensizligi va tasvirning sifatsizligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqaruvchilar, ushbu muammoni, linza orasiga mitti OLED displeyni o‘rnatish bilan hal etmoqchi.

Qayd etish o‘rinliki, tadqiqotchilar ichiga displey o‘rnatilgan linzalarni avval ham ishlab chiqishgan, ammo bunday linzalar ko‘p vazifalarni bajara olmasligi hamda piksellar sonining kamligi va kam sinab ko‘rilgani bilan ajralib turadi.

Elektron kontakt linzalari orasida hozircha Google’ning smart linzalari e'tiborga molikdir. Ular qondagi glyukoza miqdorini aniqlab linza egasini ogoh etishi mumkin. U ikki yil avval ommaga namoyish etilgan bo‘lsada, hamon sinov jarayonida.

Aytish joizki, Samsung’ning patentga arizasi tayyorgarlik bosqichida turibdi va hozircha topshirilgani yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: