Rossiyada terrorchilik jinoyatlari uchun javobgarlik yoshi chegarasi 14 yoshgacha kamaytirilishi mumkin, deb xabar bermoqda Rossiya Davlat dumasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan qonun loyihasiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.
"Ayni vaqtda jinoiy qonunchilik tomonidan bir qator jinoyatlarning xususiyatlari hisobga olinib jinoyatni amalga oshirgan vaqtida 14 yoshga yetgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilmoqda", deyilmoqda tushuntirish xatida.
Bunday jinoyatlarga qotillik, odam o‘g‘irlash, o‘g‘rilik, terrorchilik akti, odamlarni garovga olish va boshqalar kiritildi.
Avvalroq Davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi raisi Irina Yarovaya Davlat dumasiga terrorchilik va ekstremizm uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi aksilterrorchilik qonun loyihalari paketi kiritilganini ma'lum qilgandi.