Putin yadro xavfsizligi sammiti haqida fikr bildirdi

Jahon 19:26 / 07.04.2016 939

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vashingtonda bo‘lib o‘tgan yadro xavfsizligi sammitini Amerikaning “oilaviy ichki tadbiri” deb atadi. Bu haqda u Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan “Haqiqat va xolislik” hududiy va mahalliy OAV uchinchi mediaforumida so‘zlab berdi.

Rossiya sammitda nega qatnashmagani to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan Putin: “Tadbir besh guruhga bo‘lindi, bizga faqat bittasida ishtirok etishga ruxsat berishdi. Lekin Rossiyadek yirik davlat bu marosimda qatnashib xulosa hujjatini ishlab chiqishda ishtirok etmasligi mumkin emas”, - dedi.

Ko‘proq yangiliklar: