Marhum pop-qirol Maykl Jyeksonning singlisi, AQShlik taniqli qo‘shiqchi Janet Jyekson gastrollarini bekor qildi va oilasi kengayishiga ishora qildi. 49 yoshli Janet ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasida uning yevropalik muxlislariga gastrollar bilan biroz kutib turishlariga to‘g‘ri kelishini, chunki uning hayotida "kutilmagan o‘zgarishlar" yuz berganini aytgan.
"Biz turmush o‘rtog‘im bilan oilamizni rejalashtirish bilan shug‘ullanmoqdamiz. Men turni bekor qilishimga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Jyekson.
Bundan tashqari, qo‘shiqchi shifokorlar unga dam olishni tavsiya qilganlarini qo‘shimcha qildi, deb yozmoqda NTV.Ru.
Janet o‘zining homiladorligi haqida ochiqchasiga aytmagan bo‘lsa-da, ba'zi OAV uning gaplariga asoslanib, qo‘shiqchi "qiziq holatda" degan xulosaga kelishdi.
Janet Jyekson ko‘plab qo‘shiqlar muallifi, prodyuser, raqqosa va aktrisa bo‘lib, u afsonaviy Jyeksonlar oilasining kenja qiz farzandi hisoblanadi. Janet 2012 yilda uchinchi bor turmushga chiqqan. Uning hozirgi turmush o‘rtog‘i qatarlik tadbirkor Vissam al-Man bo‘lib, qo‘shiqchining avvalgi turmushlaridan farzandlari bo‘lmagan.