«Sanderlend» jamoasining 33 yoshli hujumchisi Jyermeyn Defo Angliya chempionatining navbatdagi turida «Lester»ga qarshi kechadigan bahs oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Lester» — katta jamoaga aylandi. Ularning o‘yinlari menga ham yoqadi. Ularning bu mavsumda qilayotgan ishlari tarixga kiradi.
Lekin men bu jamoaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish ishtiyoqidaman. Bu birinchidan «Sanderlend»ning APLda jon saqlab qolishi uchun, qolaversa «Tottenhem»da (futbolchi uzoq yillar davomida aynan shu jamoada to‘p surgan - tahr.) chempion bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi», — deydi Defo.
«Sanderlend» va «Lester» uchrashuvi 10 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Jamoa ayni vaqtda 31 o‘yindan keyin 27 ochko jamg‘argan holda 18-o‘rinda joylashgan. Sem Ellardays shogirdlarining ligada jon saqlab qolish kurashidagi asosiy raqibi «Norvich» bo‘lib, bu ikki jamoa keyingi turda o‘zaro to‘qnashadi.
«Sanderlend» «Lester» va «Norvich»ga qarshi o‘yinlarga Roker plyajida tayyorgarlik ko‘rdi.