Ibrahimovichning agenti: «Biz Karlssonni sudga beramiz, u katta xatoga yo‘l qo‘ydi»

Sport 18:52 / 07.04.2016 1461

«PSJ» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning agenti Mino Rayola o‘z mijozi shvetsiyalik sport murabbiyi, Shvetsiya yengil atletika terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ulf Karlsson tomonidan u «Yuventus» safida ekanida doping qabul qilgani to‘g‘risida aytgan gaplariga munosabat bildirdi.

«Biz Karlsson bilan sudlashamiz. Men bu sohada mutaxassis emasman, shuning uchun shvetsiyalik yuristni yollayman. Uning nomi keyinroq ma'lum qilinadi.

Bu odam katta xatoga yo‘l qo‘ydi. Unga endi boshqa bunday qilmaslik kerakligini uqtirib qo‘yamiz. Suddan keyin u butunlay boshqacha bayonot bilan chiqadi. U axir xato ma'lumot tarqatmoqda.

«Yuventus»da futbolchilar doimiy ravishda doping nazoratidan o‘tkazilib turiladi. Zlatanning o‘zini «Yuventus»da kamida 20 marta mikroskopda tekshirgandek tekshirishgan.

Karlssonning harakati shunchaki tuturuqsiz bo‘ldi. Uning bayonoti hech qanday dalillarga asoslanmagan. Biz esa uning gaplari yolg‘onligini isbotlab bera olamiz. Zlatan qaysi jamoada bo‘lishidan qat'i nazar hech qachon hatto aspirin ham qabul qilmagan.

Zlatan bu xabarga nisbatan o‘zini xotirjam tutmoqda. Uni xafa qilishi mumkin bo‘lgan yagona ish kecha penaltidan gol ura olmaganidir», – deydi Rayola.

Shvetsiyalik murabbiy Ibrahimovichni doping qabul qilishda aybladi

Ko‘proq yangiliklar: