Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqda foydalaniladigan onlayn-striminglari uchun yangilik nashrlariga pul to‘lamoqchiligini bildirdi. Bu haqda Re/Code xabar berdi.
Kompaniya Facebook Live servisini nafaqat selebreti tizimi, balki yirik yangilik onlayn-resurslarida ham yo‘lga qo‘ymoqchi. Ular qatorida, Huffington Post, BuzzFeed va New York Times nashrlari bor.
“Biz birdaniga bir necha hamkorlar bilan ishlaymiz va hamkorligimizning ba'zi holatlarida moddiy rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan”, - deydi Facebook mahsulotlariga mas'ul shaxs Fiji Simo.