Bryussel politsiyasi teraktlarda gumonlanayotgan "shlyapadagi odam" tasvirlangan videoni chop etdi

Jahon 19:39 / 07.04.2016 1369

Bryussel politsiyasi YouTube videoportalida Belgiya poytaxtida teraktlar uyushtirishda gumon qilinayotgan "shlyapadagi odam" tasvirlangan videoni chop etdi.

Avvalroq Belgiya hukumati bu erkak bilan fotosurat yoki videoga tushgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarga murojaat qilgandi, deb yozmoqda Associated Press axborot agentligi. Ma'lum qilinishicha, "shlyapadagi odam"ni 22 martda teraktlarni amalga oshirgan 2 xudkush yonida ko‘rishgan. Ta'kidlanishicha, erkak Bryussel aeroportini tark etayotgani tasvirlangan suratlar mavjud.

22 martda Bryusselda uchta – ikkita aeroportda va bitta metroda portlash amalga oshirildi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan. Belgiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, yana 300 ga yaqin odam jarohatlar olgan. Bu portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Ko‘proq yangiliklar: