BMT 446 ming nafar suriyalikka navbatdagi yordamini yubordi

Jahon 19:20 / 07.04.2016 1605

2016 yil boshidan buyon BMT tomonidan Suriyaning qamaldagi va chekka joylarida istiqomat qiluvchi 446 ming nafar aholiga yordam ko‘rsatildi. Bu haqda BMTning Suriya bo‘yicha emissari Staffan de Misturaning maslahatchisi Yan Egelann Jyenevada jurnalistlarga ma'lumot berdi.

Suriyaga insonparvarlik yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha ishchi guruhning Jyenevada bo‘lib o‘tgan navbatdagi, hisob bo‘yicha yettinchi majlisida Egelann so‘nggi haftada yordam yuborish qiyinchiliklari haqida gapirdi.

U nizolashgan tomonlardan ruxsat olish muammosida oppozitsion guruhlarni ham, hukumat kuchlarini ham aybladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ruxsatnoma tashvishi tufayli hafta davomida rejalashtirilganidek, 200 nafar emas, balki 55 nafar kishi yordam qabul qilgan.
Qamal qilingan shaharlardagi “tibbiy evakuatsiya” haqida to‘xtalar ekan, Egelann Zobani, Fua, Kefray va Madayya shaharlaridan 5 ming nafar odamni ko‘chirib olib o‘tishga umid bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: