Ostonada smartfonlarni taqiqlovchi qoida Vazirliklar uyida tirbandlikka sabab bo‘ldi

Jahon 16:18 / 04.04.2016 1456

Qozog‘iston poytaxti Vazirliklar uyining to‘rtinchi yo‘lagida davlat xizmatchilarining smartfonlari bor-yo‘qligi tekshirilishi oqibatida turnaqator navbat hosil bo‘ldi. Bu haqda BNews.kz xabar berdi.

“Bizni Vazirliklar uyiga uyali aloqa vositalari bilan kirgizishmayapti. Shuning uchun shunday uzun navbatlar hosil bo‘ldi. Hammamizni, menimcha, ikki hafta avval ogohlantirishgan edi. Shunchaki birinchi kuni ba'zilarning yodidan ko‘tarilgan, ba'zilar xizmat safarida bo‘lib, telefonini uyiga tashlab kelolmagan. Men o‘zim smartfonimni olib kelmadim”, - dedi “Statistika Komiteti” bosh mutaxassisi Erlan Qoraboyev.

Xodimning so‘zlariga ko‘ra, binoda buyumlarni saqlash uchun maxsus katakchalar faqat tashrif buyuruvchilarga mo‘ljallangan. Vazirliklar uyida faoliyat yurituvchi xodimlarning buyumlari uchun esa bunday yacheykalar o‘rnatilmagan.

Davlat xizmatchilari faqatgina blyutuz, diktofon, kamera, interneti bo‘lmagan telefon apparatlarinigina ishga olib kelishlariga ruxsat berilgan.

"Statistika Komiteti" matbuot kotibi Dinara Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar bir oy avval ogohlantirilgan.

“Biz 4 apreldan boshlab ishga smartfonlar olib kirishni taqiqlovchi qoida asosida ish tutyapmiz. Bu qoidani unutganlar smartfonlarini mashinada qoldirishlariga to‘g‘ri keladi. Kelgusida xizmatchilar uchun ham yacheykalar tashkil etiladi”, - ma'lum qildi matbuot kotibi.

Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, planshet va noutbuklarni ishga olib kelish avval ham taqiqlangan. Ish yuzasidan zarurat tug‘ilsa, rasmiy murojaatnoma yozilgan.

Ko‘proq yangiliklar: