Rossiyaning Pokistondagi elchisi Albert Xorev kortejidagi avtomobil mamlakat shimolidagi Mingora shahrida, mehmonxonaga qaytayotganida minaga yo‘liqib, portlab ketdi. Bu haqda Rossiya diplomatik missiyasi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, diplomatik korpus vakillaridan hech kim jabrlanmagan, biroq bir necha politsiyachi jarohat olgan.
Bundan oldin Xorev bir qator davlatlarning Pokistondagi elchilaridan iborat delegatsiya tarkibida Islomobod Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xaybar-Paxtunxva viloyatining Svat vodiysida turizmni rivojlantirish forumida ishtirok etgan edi.