Shveytsariya aholisi bir yil ichida ikkinchi marta pensiya islohotiga qarshi chiqdi

Jahon 23:11 / 22.09.2024 6209

Shveytsariya aholisi 22 sentabr kuni mamlakat hukumati tomonidan ilgari surilayotgan pensiya islohotiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Bloomberg yozdi.

Shu yilning mart oyida fuqarolar pensiya yoshini 65 yoshdan 66 yoshgacha oshirishni rad etgan, shu bilan birga yilning 13-pensiya to‘lovi joriy etilishini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Shveytsariya saylovchilari bugun ham hukumatning pensiya jamg‘armalarini isloh qilish rejasini rad etdi. Islohot pensiyalarni qayta hisoblash koeffitsiyentini 6,8 foizdan 6 foizga kamaytirishni nazarda tutar edi, uning asosida pensiya to‘lovlari miqdori hisoblab chiqiladi. Rasmiylar aholining umr ko‘rish davomiyligi oshgani sababli buni qisqartirishni taklif qilishdi.

Hukumat tomonidan e’lon qilingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning faqat uchdan bir qismi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan. Endi hukumat muqobil pensiya islohoti haqida o‘ylaydi, deb ta’kidlamoqda Bloomberg.

Ko‘proq yangiliklar: