Buxorolik fuqaroning davlat hisobiga o‘tgan yeri qaytarib berilmadi

Jamiyat 12:50 / 04.04.2016 1335

Romitan tuman hokimining 2014 yil 22 iyuldagi 611-sonli qarori bilan fuqaro Nazokat Hojiyevaning marhum turmush o‘rtog‘i Sulaymon Jo‘rayevga ajratilgan yer maydoni davlat ehtiyojlari uchun tuman hokimligi zaxira fondiga qaytarib olinganiligidan norozi bo‘lib yozgan arizasi mutaxassislarni jalb qilgan holda to‘plangan ish hujjatlari bilan birgalikda viloyat prokuraturasida o‘rganib chiqildi. Bu haqda Buxoro viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Irmatov ma'lumotiga asoslanib, “Darakchi” nashri yozmoqda.

Aniqlanishicha, marhum S.Jo‘rayevga ajratilgan yer maydonining 53,2 kv.m maydonida qurilishi tugallanmagan bino 247,8 kv.m maydonida molxona hamda 216 kv.m maydonida yengil konstruksiyali metalldan ayvon o‘zboshimchalik bilan barpo etilib, ulardan foydalanib kelinganligi aniqlangan va ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.

Dalolatnoma 2015 yil 20 noyabrdagi Romitan tuman hokimligida muhokama qilinib, S.Jo‘rayevga yer maydoni ajratish to‘g‘risida chiqarilgan qarorlarni bekor qilish bo‘yicha tegishli tartibda taqdimnoma kiritish belgilangan.

O‘z navbatida, “O‘zshaharsozlik” LITI DUK korxonasi tomonidan 2007 yilda ishlangan bosh rejaga asosan marhum S.Jo‘rayevga ajratilgan yer maydonida tuman markaziy kasalxonasining yuqumli kasalliklar binosi yangidan qurilishi munosabati bilan binolarga kirib chiqish va avtomashinalar to‘xtash joyi sifatida foydalanishi sababli tuman hokimining marhum S.Jo‘rayevga foydalanish uchun berilgan bir gektar yer maydoni O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasiga asosan davlat ehtiyojlari uchun tuman hokimligi zaxira fondiga qaytarib olingan.

“O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasi talablaridan kelib chiqib, fuqaro N.Hojiyeva tuman hokimligining qarori ustidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud idoralariga da'vo arizasi bilan muraojaat qilish huquqiga ega”, — B.Irmatov.

Ko‘proq yangiliklar: