Vanuatu qirg‘oqlarida 7,2 balli zilzila kuzatildi

Jahon 14:22 / 03.04.2016 1507

Tinch okeanidagi davlat bo‘lmish Vanuatida 7,2 magnitudali zilzila kuzatildi. Bu haqda Tinch okeani sunamidan xabardor etuvchi markaz xabar bermoqda.

"Tsunami bo‘lishi kutilmayapti. Tsunami xavfi Gavayida ham kuzatilmayapti", - deyiladi markaz bergan axborotda.

Zilzila epimarkazi Luganvill shahridan 140 km. shimolda qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 40 km. chuqurlikda joylashgan.

Jabrlanganlar va vayronagarchilik haqda aniq ma'lumotlar yo‘q.

Ma'lumot uchun: Vanuatu — Tinch okeani hududida joylashgan mamlakat bo‘lib, aholisi 267 ming fuqarosi bor.

Ko‘proq yangiliklar: