Shimoliy Amerikaning qadimiy sivilizatsiyasi yo‘qolib ketish sababi aniqlandi

Jamiyat 13:51 / 03.04.2016 1785

Vashington shtati universiteti antropologlari Pueblo sivilizatsiyasining o‘z-o‘zini degradatsiya qilish va yo‘qolib ketish sabablarini jamiyatdagi xatti-harakat andozalari bilan bog‘lashdi. O‘n yillab davom etgan qurg‘oqchilik hindularning qishloq ho‘jalik mahsulotlarini (masalan, makkajo‘hori) ishlab chiqarishga imkon bermagan. Muammoni Pueblo qabilasi qadimgi Xitoy va Bobil xalqlari kabi sug‘orish tizimini yaratish bilan hal etishmagan, balki boshqa makonlarga ko‘chish bilan hal etishgan. Tadqiqot Science Advances jurnalida chop etilgan.

Tadqiqot mualliflaridan biri Vashington shtati universiteti olimi Tim Kolerning aytishicha, Pueblo jamiyatida mo‘l yog‘ingarchilik va yaxshi hosil olish uchun “har xil marosimlarni bajargan holda, g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch bog‘lashgan”.

Qurg‘oqchilik davrida hindularning rivojlanish dinamikasini oldindan ko‘ra olish mumkin edi: ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz, zo‘ravonlikning avj olishi, diniy umidsizlik va qulayroq iqlim mavjud bo‘lgan makonlarga ko‘chish.

Olimlar Pueblo xalqining boshidan o‘zlari egalik qilgan maydonlarga uchta katta ko‘chishni aniqlashgan. Avvalroq arxeologlar faqatgina bitta ko‘chishning izini ta'riflab berishgan. Birinchi ko‘chish 600 va 700 yillarda III-savatchilar erasida boshlangan va qurg‘oqchilik bilan tugagan. Shundan so‘ng, Pueblo I erasi boshlangan, bu xalq makkajo‘xorini yer osti kameralarida saqlash usulidan yer usti inshoatlarida saqlash usuliga o‘tishgan.

Olimlarning taxminiga ko‘ra, bunday iqtisodiy o‘zgarish mahsulotlarni miqdorsiz iste'mol qilishdan nazoratli iste'mol qilishga o‘tish sabab bo‘lgan. Bu era 890 yil qurg‘oqchilik bilan tamom bo‘lgan. Pueblo II (1035-1145 yillar) davri kolumboldi Shimoliy Amerikasi (Chako kanoni hududlari) tarixidagi eng katta inshootlar qurilishi bilan ajralib turgan. Tomlar uchun yog‘och yuz kilometrgacha bo‘lgan masofalardan olib kelingan, bu esa kuchli koordinatsiya qobiliyatlarini talab qilgan va jamiyat iyerarxik rivojlanishi balandligidan dalolat bergan.

Pueblo III qabilasi 1250 yilga kelib gullagan va shu yillardan so‘ng hindular uchun eng ko‘p davom etgan va zararli qurg‘oqchilik kelgan. Bu era jamiyatda ijtimoiy masofaning paydo bo‘lishi bilan ajralib turgan.

Tadqiqot davomida arxeologlar mingdan oshiq arxeologik yodgorliklarni va 30 mingdan ko‘proq daraxt kesmalarini tahlildan o‘tkazishdi. Amerikalik antropolog olimlarning tadqiqoti iqtisodiy rivojlanishga iqlim, diniy va ilmiy omillar ta'sirining ahamiyati haqida xulosa chiqarishga yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: