OAV: Yaponiyada ishdagi charchoq tufayli vafot etayotganlar soni ortib bormoqda

Jamiyat 10:30 / 03.04.2016 1140

Yaponiyada ishchi-xodimlar ko‘p mehnat qilganligi bois, ularning vafotiga tavon to‘lash holatlari ortib bormoqda, deb xabar bermoqda Reuters.

Ana shu holat bilan bog‘liq tavon to‘lash holati yil davomida bir yarim mingga yetgan.

«Hukumat bu muammoni faqatgina majlislarda ko‘rib chiqmoqda xolos. Muammoni hal etishning yagona yo‘li ish soatlarini kamaytirish, ammo hukumat bu yo‘nalishda hech bir osonlashtirishni amalga oshirmayapti», — dedi tashkilot vakili Xiroshi Kavaxito.

Yaponiya mehnat vazirligining ma'lum qilishicha, ish bilan bog‘liq o‘lim holatlari ikki turga bo‘linadi: ko‘p mehnat qilganligi bois yurak kasalligidan vafot etayotganlar va o‘z joniga qasd etayotganlar.

Ko‘proq yangiliklar: