Asad Suriyani asrab qolgan shaxs sifatida tarixga kirish niyati borligini ma'lum qildi

Jahon 15:10 / 03.04.2016 837

Suriya prezidenti Bashar Asad tarixga mamlakatni qutqaruvchi shaxs sifatida kirish istagi borligini ma'lum qilgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Bilamizki, tarixni doim ham haqqoniy ifoda etishmaydi. Agar fikrimning aksi o‘laroq ularni haqiqatni tasvirlashadi deb faraz qilsak, unda tarixchilar suriyaliklar hayotini haqqoniy aks ettirishsin. Men o‘z-o‘zimga baho bera olmayman, ammo Suriya tarixida so‘nggi o‘n yilliklar davomida yuz bergan vahshiyliklar, terrorchilik balosiga qarshi turganlar qatorida birinchilardan turganligimni ayta olaman», — dedi u.

Shuningdek, Asadning ta'kidlashicha, agar mamlakatda anarxiya boshlanib ketganida, bu butun mintaqaga ta'sir ko‘rsatgan bo‘lar edi.

Ko‘proq yangiliklar: