Asad: Ikkiyuzlamachi G‘arbga suyanib bo‘lmaydi

Jahon 16:19 / 03.04.2016 920

Suriya prezidenti Bashar Asad RIA “Novosti”ga bergan intervyusida G‘arbni ikkiyuzlamachi, manfur, u olib borayotgan siyosatni esa halqaro huquq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan siyosat deb atadi.

U, shuningdek, G‘arb mamlakatlariga suyanib bo‘lmaslikni ham ta'kidlab o‘tgan.
«Do‘stlaring qanchalik sodiq bo‘lsa, hayotda yo‘qotishlarga shunchalik kam uchraysan. Shuning uchun har bir davlat rahbari inqiroz paytida u bilan yonma-yon turadigan boshqa bir davlat bilan do‘stona munosabatda bo‘lishi kerak», — dedi Asad.
Bundan tashqari, Asadning ma'lum qilishicha, mamlakatdagi inqirozni bartaraf etish uchun, xalq ana'nalaridan kelib chiqqan holda reja tuzmoq kerak. Uning ta'kidlashicha, muammoni chetdan kelib hal etib bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: