O‘zbekiston dunyoning eng boy mamlakatlari ro‘yxatida 127-o‘rinda tasnif etildi

Jahon 11:25 / 02.04.2016 11238

Global Finance Magazine jurnali Jahon banki va XVJ (Xalqaro valyuta jamg‘armasi) ma'lumotlariga tayangan holda, dunyoning eng boy davlatlari reytingini tuzib chiqdi.

Ro‘yxatni tuzishda, mamlakatning aholi jon boshiga YaMM (yalpi milliy mahsulot) hissasining xarid qilish qobiliyatiga nisbati asos qilib olindi. Bu qoidaga ko‘ra, turmush kechirish narxi va inflyatsiya darajasi hisobga olinadi. Eng kichik davlatlar ro‘yxatga kiritilmadi.

Shunday qilib, reytingda yetakchilikni Qatar egalladi.
Bu davlatning aholi jon boshiga YaMMi 146167 AQSh dollarini tashkil etgan. Ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan Lyuksemburgning ko‘rsatkichi Qatarnikidan sezilarli darajada past – jon boshiga 94167 AQSh dollari.

Qayd etish joizki, dunyoning eng boy 25 davlati ro‘yxatida 15ta g‘arb davlatlari bor. Ularning 12tasi Yevropa vakillari hamda AQSh, Kanada va Avstraliya bo‘lsada, ilk o‘nlikda ulardan atigi 4tasi joy egallagan. Buyuk Britaniya top-25talikka kira olmadi. Bu davlat aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaMM ko‘rsatkichi bo‘yicha 39 224 dollar raqam bilan 27 o‘rinni egallagan.

Ro‘yxatda O‘zbekiston jon boshiga 5 964 dollar bilan 127-o‘rinda qayd etilgan. Bu borada Qozog‘iston 50, Rossiya 51, Ozarbayjon 64, Belarus 65, Turkmaniston 77-o‘rinda qayd etilgan. Xususan, Ukraina 109, Armaniston 116, Moldova 132, Qirg‘iziston 142 hamda Tojikiston 153 o‘rinda tasnif etildi. 

Quyida jahonning eng boy 25 davlati ro‘yxati bilan tanishib chiqish mumkin:
1. Qatar
2. Lyuksemburg
3. Singapur
4. Bruney sultonligi
5. Kuvayt
6. Norvegiya
7. BAA
8. Hongkong
9. AQSh
10. Shveytsariya
11. Saudiya Arabistoni
12. Bahrayn
13. Niderlandiya
14. Irlandiya
15. Avstraliya
16. Avstriya
17. Shvetsiya
18. Germaniya
19. Tayvan
20. Kanada
21. Daniya
22. Ummon
23. Islandiya
24. Belgiya
25. Fransiya

Ko‘proq yangiliklar: