Reuters: AQSh Suriyadagi maxsus bo‘linmalari sonini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Jahon 11:09 / 02.04.2016 1059

AQSh ma'muriyati Suriyaga safarbar etilgan maxsus harbiy xizmatchilari sonini sezilarli darajada oshirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi AQSh harbiy mulozimiga tayangan holda xabar tarqatgan.

Ammo gap necha kishidan iborat bo‘linma haqida bormoqda, degan savolga oydinlik kiritilmagan.

Shu bilan birgalikda, manbalardan biri mabodo takliflar o‘z tasdig‘ini topgudek bo‘lsa, AQShning Suriyadagi maxsus bo‘linmalari safi sezilarli kengayishini ta'kidlagan.

Ma'lumki, hozirgi kunda Suriyada 50 nafar amerikalik maxsus bo‘linma harbiylari mavjud. Ular asosan frontdan ancha uzoqda harbiy maslahatchilar sifatida faoliyat yuritadi va IShID terroristik tashkilotiga qarshi kurashayotgan kuchlarni tayyorlash bilan shug‘ullanishadi.

Amerika maxsus bo‘linmalarini kengaytirish taklifidan maqsad AQShning Suriya va Iroqda IShIDga qarshi kampaniyadagi ishtirokini kuchaytirish hisoblanadi.

Ushbu masala bo‘yicha bir necha loyihalar tasdiqlanishi uchun Oq uy rahbari Barak Obamaga havola etilishi kutilmoqda.

AQSh QK shtab qo‘mondonlari qo‘mitasi rahbari general Jozef Danford, yaqin kunlarda IShIDga qarshi kurash doirasida Iroqqa qo‘shimcha kuchlar tashlanishi mumkinligini aytgan edi. Ammo, hozircha bu borada yakuniy to‘xtamga kelinmagan.

Suriyaga qo‘shimcha kuchlarni jo‘natish barobarida Iroqqa ham Amerika harbiylarini safarbar etish ko‘zda tutilayotgani ehtimol tutiladi.

Ko‘proq yangiliklar: