2016 yil umumta'lim maktablarini lotin grafikasidagi adabiyotlar bilan boyitish uchun 10 mlrd so‘m ajratildi

Jamiyat 17:59 / 02.04.2016 999

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarda kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

Jumladan, 1139 ta axborot-resurs markazi mavjud bo‘lib, shundan, 211 tasi, viloyat, tuman (shahar) ARMlari, hisoblanadi. 8648 ta umumta'lim maktablari kutubxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

ARM va umumta'lim maktablari kutubxonalarining kitob fondini 23 064 415 dona tashkil etmoqda.

2015 yilda respublika bo‘yicha 3,2 mlrd so‘m kitob sotib olishga ajratilgan.

2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturi doirasida 10 mlrd umumta'lim maktablarini lotin grafikasidagi badiiy adabiyotlar bilan boyitish uchun ajratildi.

237 087 dona kitoblarning elektron nusxalari yaratilib, uzedu.uz, eduportal.uz, kitob.uz saytlariga joylashtirildi.

Ko‘proq yangiliklar: