Zaha Hadid loyihalari ostida barpo etilgan mashhur binolar

Jamiyat 19:24 / 01.04.2016 8047

31 mart kuni Mayamida mashhur arxitektor Zaha Hadid yurak xurujidan vafot etdi. U 65 yoshda edi. Zaha Hadid Prittskerov mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi ayol arxitektor hisoblanadi. Uning eng mashhur va ko‘zga ko‘ringan bino loyihalari asosan 1990-2015 yillar oralig‘ida qurilgan. 

Hadid o‘ziga xos uslubda ijod etgan bo‘lib, unga noan'anaviy “dinamik” arxitektura shakllari, o‘tkir burchaklar va qiyshiq chiziqlar mashhurlik keltirgan.

Hozir sizlarni Zaha Hadid tomonidan loyihalashtirilgan binolar ichida eng mashhurlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Haydar Aliyev markazi, Baku (Ozarbayjon)

Suv sporti markazi, London (Buyuk Britaniya)

XXI asr san'ati milliy muzeyi, Rim (Italiya)

Guanchjoudagi opera binosi (Xitoy)

“Feno” ilmiy markazi, Volfsburg (Germaniya)

Rozental zamonaviy san'at markazi, Tsintsinnati (AQSh)

BMW idorasining markaziy binosi, Leyptsig (Germaniya)

“Vitra” dizaynli mebellar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yong‘in o‘chirish qismi, Vayl-na-Reyne,  (Germaniya)

Kanat yo‘llari stansiyasi, Insbruk (Avstriya)

Dongdaemun Design Plaza madaniyat majmuasi, Seul (Janubiy Koreya)

Ko‘proq yangiliklar: