Ukraina prezidentining rasmiy daromadlari 6 barobar kamayib ketdi

Jahon 22:22 / 01.04.2016 875

2015 yil natijalariga ko‘ra Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning rasmiy daromadi 6 barobarga kamayib ketgan. Bundan Poroshenko ma'muriyati saytida chop etilgan uning daromadlari haqidagi deklaratsiya guvohlik bermoqda.

Ukraina prezidentining 2015 yildagi daromadi 62,162 mln grivnani tashkil qilgan, 2014 yilda bu daromad 368,943 mln grivnani tashkil qilgandi. Daromadning 12,375 mln grivnasi dividend va foizlarga, qolgan 49,665 mln grivnasi esa "boshqa daromad turlariga" to‘g‘ri kelgan. Ukraina prezidentining maoshi 121,054 ming grivnani tashkil qilgan. Poroshenkoning bank hisob raqamlarida 563,73 mln grivna saqlanadi.

Poroshenkoga, shuningdek, 1 ming kv. metrdan 33,169 ming kv. metrgachani tashkil qiladigan 6 ta yer maydoni va 68,2 kv. metrdan 134,06 kv. metrgacha maydonga ega 3 ta kvartira tegishli. Poroshenkoning shaxsiy avtoparki 3 ta avtomobil: Mercedes-Benz Vito, VMW 750 LI 4 va Range Rover’dan iborat. Unga, shuningdek, Bayliner 185 BR kateri tegishli.

Shu bilan birga Forbes’ning Ukrainada chop etiladigan versiyasida Poroshenkoning boyligi 2015 yilda 100 mln dollarga ko‘paygani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: