Joriy yilning 29 mart kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘ida “Laylak-Varrak” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda yoshlarimiz sportning turli yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini ko‘rsatishlari, ma'nan va jismonan sog‘lom bo‘lishlari uchun izchillik bilan keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Yosh avlodimiz sportning barcha turlari bo‘yicha shug‘ullanishlari uchun yurtimizning shahar va qishloqlarida keng va yorug‘ sport majmuilari qurilib, zamonaviy sport anjomlari bilan ta'minlangan. Kuni kecha “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tomonidan sportning aviamodel turi bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida “Laylak”, “Varrak”, “Korobkasimon” yo‘nalishlari va “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi barcha tashkilotlar o‘rtasida jamoa o‘yini Mirzo Ulug‘bek istirohat bog‘ida «Laylak-Varrak» musobaqasining ochiq chempionati o‘tkazildi. «Layk-Varrak» kabi tadbirlarning uyushtirilishidan asosiy maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongiga milliy an'ana va qadriyatlarimizni singdirish, shu bilan bir qatorda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
Dastlab, tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasining madhiyasi yangradi, so‘ngra musobaqa tashkilotchilari so‘zga chiqdi va tanlov ochiq deb e'lon qilindi. Toshkent shahar birinchiligi uchun o‘tkazilayotgan ushbu bellashuv jarayonida “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi barcha tashkilotlar ishtrokchilari imkon boricha g‘oliblik uchun mehnat qilishdi. Bu musobaqa qatnashchilari bo‘lgan yoshlarimizning xatti-xarakatlaridan yaqqol sezilib turardi.
Musobaqada Toshkent shahridan 65 ta o‘smirlar, shuningdek ochiq chempionat bo‘lganligi bois, Surxandayo viloyati, Termiz shahri 12-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan 3 ta ko‘ngilli bolalar qatnashishdi.
Sovrindorlar:
Yakka tartibdagi g‘oliblar. “Laylak” yo‘nalishi
1 o‘rin Gafurov Xojiakbar. Mirzo Ulug‘bek (O‘quv sport texnika klubi)
2 o‘rin Xalitov Farez. Yunusobod (O‘quv sport texnika klubi)
3-o‘rin Yenileyev Salim. (Toshkent sportning texnik va Amaliy turlari markazi.)
“Varrak” yo‘nalishi.
1 o‘rin Zufarov Xojiakbar. Barkamol avlod
2-o‘rin Umarov Djalolitdin. Chilonzor (O‘quv sport texnika klubi)
3 o‘rin Xabibullayev Xodjiakbar. Shayhantoxur (O‘quv sport texnika klubi)
“Korobkali” yo‘nalishi.
1-o‘rin Shatalov Aleksey. Yunusobod (O‘quv sport texnika klubi)
2-o‘rin Jamolxonov Saidazimxon. Serg‘ali (O‘quv sport texnika klubi)
3-o‘rin Kabulov Abulmansur. Toshkent sportning texnik va Amaliy turlari markazi.
“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi tasarrufidagi barcha tashkilotlar o‘rtasida jamoa o‘yini.
1 -o‘rin Yunusobod tumani. (O‘quv sport texnika klubi)
2-o‘rin Toshkent sportning texnik va Amaliy turlari markazi.
3-o‘rin Sirg‘ali tumani. (O‘quv sport texnika klubi)
“Vatanparvar” tashkiloti Toshkent shahar Kengashi ma'naviyat bo‘limidan Shahnoza Tojiddinova tayyorladi.