Tesla kompaniyasi Model 3 uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi

Fan-texnika 09:43 / 01.04.2016 1516

31 mart kuni Ilon Maskning Tesla kompaniyasi tvitterida uchinchi rusumning mijozlar uchun videoyozuvlari nashr qilindi.

Tesla 3 elektromobilinining qachon namoyish qilinishi aniq emas, shuningdek aniq fotosuratlar ham ko‘rsatilmadi.

Bir avtomobilni buyurtma qilish uchun 1 ming dollar to‘lanadi, bir kishi faqat 2ta avtomobil buyurtma qilishi mumkin. Avtomobillar 2017 yilda sotuvga chiqariladi.

"Men bu modelga bo‘lgan qiziqishlardan ilhomlanayapman. Bu qiziqishlaringiz o‘zini oqlaydi. Kim buyurtma bersa, unga minnatdorchiligimni bildiraman", deya yozgan Ilon Mask o‘z sahifasida.

Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda rusum asosida yangi platforma yotadi. Uchinchi rusumning texnik tavsifi keltirilmadi, ammo ilgari OAV bergan xabarga ko‘ra, to‘la zaryad bilan 320 km yo‘l bosishi ma'lum. Amerikaliklar uchun modelning taxminiy bahosi 35 ming dollar atrofida bo‘ladi. Taqqoslash uchun: Tesla Model S narxi 57,5 ming dollar.

O‘tgan yilning sentabrida Tesla ikkinchi rusumi bo‘lmish Model X krossoverini namoyish etgandi.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: