Shimoliy Koreya qarshiliklarga qaramasdan yadroviy va raketa dasturlarini davom ettirmoqchi

Jahon 21:14 / 01.04.2016 867

Shimoliy Koreya AQSh va uning ittifoqchilarining qarshiligiga qaramasdan, yadroviy va raketa dasturlarini davom ettiradi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning BMTdagi inson huquqlari bo‘yicha Kengashdagi elchisi So Se Pong Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Elchi AQSh va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy mashg‘ulotlarini qoraladi, chunki bu Shimoliy Koreya rahbariyatini qulatishga olib kelishi mumkin. So Se Pong yadroviy dastur Shimoliy Koreyaga ushlab turuvchi element sifatida zarurligini aytdi.

Yanvarda Shimoliy Koreya 4 ta yadroviy sinov o‘tkazdi, fevralda esa uzoq masofalik ta'sir doirasiga ega raketani uchirdi.

Avvalroq Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ballistik raketalar uchirgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: