Serbiya TIV: Rossiya bilan munosabatlarga rahna solsa, Belgrad YeIga kirmaydi

Jahon 16:11 / 01.04.2016 995

Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivitsa Dachichning bayonot berishicha, rasmiy Belgrad Yevropa ittifoqiga kirishdan manfaatdor, ammo, bu Rossiya bilan aloqalarga salbiy ta'sir ko‘rsatmasligi kerak. U bu haqda, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Ivanov bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida ta'kidlagan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Biz geografik va siyosiy jihatdan ham Yevropa tarkibida bo‘lganimiz sababli, YeI a'zosi bo‘lishni hohlaymiz. Ammo, bu holat Rossiya bilan ikki tomonlama munosabatlarimizga aslo rahna solmasligi lozim», — deb aytgan Dachich.

Bundan avvalroq, Serbiya tashqi ishlar vaziri Belgrad NATOga kirishni hohlamasligini bildirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: