Reuters: Diyorbakirdagi teraktdan keyin Turkiyada 9 kishi hibsga olindi

Jahon 23:35 / 01.04.2016 797

Diyorbakirdagi teraktni tergov qilish doirasida Turkiyada 9 kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat xavfsizlik idoralaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

31 martda kechki payt terrorchilar Diyorbakirdagi avtovokzal yaqinida yo‘l chetiga qo‘yilgan minalashtirilgan avtomobilni unga politsiyalarni olib ketayotgan xizmat avtobusi yaqinlashganda masofadan turib portlatib yuborgan. Hujum oqibatida 7 nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 27 kishi jarohat olgan.

Portlash uchun javobgarlikni Kurdiston ishchi partiyasi bilan aloqador bo‘lgan "Mudofaa xalq kuchlari" guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Diyorbakir Turkiyaning janubida, an'anaviy tarzda kurdlar yashaydigan hududlarning markazida joylashgan shahar.

Ko‘proq yangiliklar: