«Real»ning sobiq prezidenti: «Peres jamoada qolsa, bundan Barselonadagilar faqat xursand bo‘lishadi»

Sport 11:39 / 01.04.2016 1009

«Real» jamoasining sobiq prezidenti Ramon Kalderon o‘zidan keyin jamoaga rahbar bo‘lgan Florentino Peresning ishiga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Peres qimmatbaho futbol stikerlarini yoqtiradi, bunday stikerlarni u boshqalarning puliga sotib oladi. Unda stikerlar uchun albom bor, lekin u yangi nakleykani qayyerga yopishtirishni bilmaydi.

Unda keyingi 10 mavsum davomida atigi bitta mavsumni muvaffaqiyat bilan yakunladi. Bu jiddiy muammo. Bundan keyin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi.

«Real» demokratik jamoa bo‘lgandi. Rahbariyat a'zolaridan istalgan biri prezident bo‘la olardi. Keyingi yillarda esa Peres diktaturasi o‘rnatildi. Agar sen Florentino Peres Rodriges bo‘lmasang, hech ish qila olmaysan.

Keyingi 10 yil davomida u minglab million yevrolarni sarfladi va atigi bir marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu xulosa emas, fakt. U o‘z o‘rnida qoladigan bo‘lsa, bu Barselonadagilarga xursandchilik ulashaveradi», – deydi Kalderon.

Ko‘proq yangiliklar: