Qoidasiz jang: Aktyor Oleg Taktarov 16 aprelda Jyeff Monsonga qarshi ringga chiqadi

Sport 16:06 / 01.04.2016 1249

Qoidasiz jang bo‘yicha sportchi va aktyor Oleg Taktarov 16 aprel kuni Penza shahrida Jyeff Monsonga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda TASS Monsonning vakillariga tayanib xabar tarqatdi.

«Jang bo‘yicha barcha masalada kelishuv imzolanib bo‘lingan», - deydi jang tashkilotchisi. Uning qo‘shimcha qilishicha, jangning qoidalari va qanday formatda o‘tkazilishi hozirda muhokama qilinmoqda.

Taktarov, UFC Gran-prisining mutlaq chempioni sanaladi. U oxirgi marta 2008 yilning 11 aprelida amerikalik Mark Kerrga qarshi ringga chiqib g‘alaba qozongandi.

Ko‘proq yangiliklar: