Pochettino: «Dele Alli havolanib ketmadi. U yetuk va o‘ta bosiq futbolchi»

Sport 12:40 / 01.04.2016 907

Angliyaning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa yarimhimoyachisi Dele Alli borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Brayan Robson Allini Gaskoynga tenglashtirdimi? Bu fikrga faqat qo‘shilish mumkin. Bu dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan birining yaxshi ta'riflaridan biri.

Allini atrofida unga bo‘layotgan e'tibor tashvishga solishi mumkinmi? Yo‘q, butun mavsum davomida kuzatish mumkin ediki, u bu ishni osonlik bilan yengib o‘tdi. U yetuk va o‘ta bosiq futbolchi.

O‘yinga yangi havo olib kiradigan, yaxshi darajaga chiqara oladigan ajoyib xarakter Dellida mavjud. Biz uning kelajagidan xavotir olmasligimiz kerak», – deydi Pochettino.

Ko‘proq yangiliklar: